Dinning jamiyatdagi o'rni va vazifalari 10-sinf din tarixi - darslikuz.blogspot.com

Din Va Ijtimoiy Hayot

Din jamiyat hayotida muhim o'ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o'zini ruxan va jismonan poklash, atrofidagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy hislatlarni shakllantiradi.
Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. dunyo haritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e'tiqod qiladi, uning o'z urf odat va an'analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o'rganishda ularning diniy qaralashlari, e'tiqodlari va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. 
   Din arabcha so'z bo'lib o'zbek tilida ishonch, e'tiqod qilish ma'nolarini anglatadi.
17-19-asrlarda yashab ijod qilgan ba'zi yevropalik tadqiqotchilar insoniyat taraqqiy etib borgani sari uning qo'rquvlari ham kamayadi, u mustaqil bo'ladi, bu esa dinlarning butkul yo'q bo'lib ketishiga olib keladi, deb bashorat qilgan edilar. Biroq vaqt o'tishi bilan bu fikr amalda o'z tasdig'ini topmadi.
Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik, ruhiy-ma'naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.
  Ehtiyojing tushadigan ilmni o'rganishdan o'zingni olib qochma!   (Imomi A'zam Abu Hanifa)
Dinning tasalli beruvchi vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o'ziga dindan ovutuvchi, ko'ngilli taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan.
Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e'tiqod qiluvchilarni o'z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo'l bilan insonlarni birlashtiradi. 
Din o'ziga e'tiod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish vazifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi.Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi.
Dinning kommunikativlik vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an'ana, marosim va bayramlarni birgalikda o'tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi.
Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiy-ma'naviy tarbiyalash vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.
Insonning asosiy vazifasi o'zini o'rab turgan olam sirlarini o'rganishdan iborat. Fanlarning holati ham ana shunday. Ularni kishining turmushi uchun bo'lgan ehtiyoj dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq otdi. (Abu Rayhon Beruniy)   
Din madaniyat rivojiga ham katta ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarini saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga ega. 
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog'liq bo'lib hayotda doimo u bilan birga chambarchas bog'liq bo'lib, hayotda doimo u bilan birga bo'lib kelgan.
Bugungi kunda ba'zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g'arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to'kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto'gri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda.
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o'rtasida muloqot o'rnatishi, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni targ'ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to'ldirib turadi.                                                                                                                     
17-17


Комментарии